Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada ikki xavfli jinoyatchi qamoqdan osongina qochib ketdi
Meksika shimolida joylashgan qamoqdan ikki xavfli jinoyatchi Xulian Paredes va Karlos Igeru qochib ketdi. Bu ma'lumotni tegishli idoralar tasdiqlagan.
Paredes Sinaloa jinoiy klanini boshqargan, “Pakana” laqabli narkobaron Xoakin Gusmanning bosh g‘aznachisi hisoblangan. Hozirda Gusman AQShda sudlanishini kutmoqda.
Paredesning qochib ketgani kechasi ma'lum bo‘lgan. U sherigi bilan qo‘riqchilar kiyimini kiyib, 6 ta xavfsizlik darajasidan hech qanday qarshiliklarsiz o‘tib, qamoqning bosh darvozasidan tashqariga chiqishga muvaffaq bo‘lgan va u yerda ularni kutib turgan mashinaga o‘tirib qochib ketgan.
Hukumatning taxminicha, kamida ikki qo‘riqchi sotib olingan, chunki tekshiruv vaqtida ular voqea joyida bo‘lmaganlar.
Paredes Sinaloa banditlarining 2016 yilda harbiy konvoyga hujumi ishi bo‘yicha jazoni o‘tayotgan bo‘lgan. O‘sha hujum oqibatida 5 askar halok bo‘lgan, 10 nafari yaralangan. Hukumat dastavval Paredesni qat'iy tartibdagi turmaga jo‘natmoqchi bo‘lgan, biroq uning himoyasi u oddiy turmada jazo o‘tashi kerakligini talab qilgan. Ikkinchi qochoq esa giyohvand moddalar bilan kurashish agentligining 7 xodimini o‘ldirgani uchun jazo o‘tayotgan bo‘lgan.
Gusmanning o‘zi ham ikki marta qamoqdan qochishga muvaffaq bo‘lgan. 2001 yilda u kir solingan savatda, 2005 yilda esa tunnel orqali tashqariga chiqishga muvaffaq bo‘lgandi.
Mavzuga oid
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
00:27 / 10.05.2025