Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik harbiylar «Xalqaro armiya o‘yinlari-2018»ning 13 yo‘nalishida ishtirok etadi
Moskva shahridagi «Salyut» cavdo-mehmonxona kompleksining majlislar zalida «ArMI—2018» Xalqaro armiya o‘yinlariga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Ushbu konferensiyada musobaqada ishtirok etish uchun Moskvaga yetib borgan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, shuningdek, boshqa davlatlar jamoalarining vakillari ishtirok etdi. Anjumanda bosh hakam general-mayor Aleksandr Peryazov musobaqa ishtirokchilari ta'minoti, musobaqalarni o‘tkazish tartiblari va talablari, hakamlarning ish yuritish uslubi, ishtirokchilarning bo‘sh vaqtlarida tashkillashtirilishi mo‘ljallangan madaniy-ma'rifiy tadbirlar haqida so‘z yuritdi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tashkilotchilar tomonidan javoblar oldi.
Joriy yilda o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar jami 27 yo‘nalish bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan «Xalqaro armiya o‘yinlari—2018»ning 13 yo‘nalishida, xususan, «Qo‘shin razvedkasi a'lochilari», «Yelbrus halqasi», «Sodiq do‘st», «Yo‘l patruli», «Merganlik marrasi», «Xavfsiz marshrut», «Artilleriya ustasi», «Qurolsoz usta», «Musaffo osmon», «Harbiy ralli», «Harbiy-tibbiy estafeta», «Dala oshxonasi», «Hamdo‘stlik jangchisi» yo‘nalishlarida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil o‘tkazilgan «ArMI—2017» III Xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi vakillari ilk marotaba 8ta yo‘nalishda qatnashib, 5ta sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
Mavzuga oid
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
20:13 / 06.05.2025
AQSh armiyasida generallar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatiladi
09:10 / 19.02.2025
Foto: Mudofaa vazirligining xalqaro ko‘rgazmadagi harbiy texnikalari
16:55 / 22.01.2025