Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanishini qasddan mashinada urib, yordam ko‘rsatish o‘rniga urib-tepib o‘limiga sabab bo‘lgan shaxs ushlandi
24 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida qotillik yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, shu shaharda yashovchi Z.E. tanishi B.Q. bilan telefon orqali o‘zaro janjallashib ketayotgan vaqtida uni yo‘l chetida turganini ko‘rib qolib, o‘zining “Neksiya” rusumli avtomashinasi bilan urib, bu ham yetmagandek, avtomashinadan tushib, uning tanasini turli joylariga urib-tepib, jarohat yetkazgan.
Natijada B.Q. kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan. Z.E. esa qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi
16:15 / 06.05.2025