Jahon | 22:23 / 25.07.2018
40424
1 daqiqa o‘qiladi

Ulkan baliq akulani yutib yubordi (video)

Florida sohillari yaqinida baliq ovlovchilar ulkan gruper turidagi baliqning akulaga hujumi videosini suratga olishdi. Rolik YouTube’da joylashtirilgan.

Baliq ovlovchilar qarmog‘iga kichik o‘lchamli akula tushgan. Ular akulani sekin-asta tortayotganlarida suv sirtida birdan ulkan gruper paydo bo‘lib, akulani bir yutib, chuqurlikka tortib ketgan.

Videoda gruperning og‘irligi ostida baliq ovlovchining qo‘lidagi qarmog‘i bukilib ketganini ko‘rish mumkin. Guvohlardan birining aytishicha, baliq ovlovchilar o‘lja uchun ulkan baliq bilan 10 daqiqacha kurashishgach, oxir-oqibat baliqni akulani chiqarib yuborishga majbur qilishgan. Baliq ovlovchilarning fikricha, baliqning og‘irligi 220 kg kelgan.

Mavzuga oid