O‘zbekiston | 17:20 / 25.07.2018
20615
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Shavkat Mirziyoyev jurnalistika haqida

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni 61 yoshni qarshiladi. Shu kuni Shavkat Mirziyoyevning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida, shuningdek «Milliy TV» va «O‘zbekiston 24» telekanallari orqali «Janob Prezident» nomli maxsus film namoyish etildi.

Film davomida prezident o‘zbek jurnalistikasidagi ijobiy o‘zgarishlar haqida ham gapirgan.

«Hozir jurnalistlar ro‘y-rost gapiryapti. Hamma kamchiliklarni ochib beryapti, oldingidek taqiqlar yo‘q. Mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan mavzular yo‘q.

Albatta jurnalistlarning ham saviyasi baland bo‘lishi kerak. Odamlarimizning ongini o‘zgartirish uchun jurnalistlarning roli cheksiz bo‘ladi.

Jurnalistika universitetini ochdik. Oshkoralikni ta'minlash uchun professional jurnalistlarni tayyorlaymiz», degan Shavkat Mirziyoyev.

May oyi oxirida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori imzolangandi.

Mavzuga oid