Dori vositasini bojxona nazoratidan yashirib olib kelayotgan shaxs fosh etildi
Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Moskva-Toshkent” yo‘nalishi bilan kirib kelgan poyezd yo‘lovchilaridan biri A.F.ning yuklari tekshirilganda, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 490 qutida 9800 dona «Parliament Blue» nomli tamakilar borligi ma'lum bo‘ldi.
Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur tamakilarning qiymati 24,5 mln so‘mni tashkil etadi.
Mazkur bojxona posti xodimlari xuddi shu poyezd yo‘lovchilaridan yana biri fuqaro S.Q. qiymati 1,1 mln. so‘mlik 245 dona “Finlepsin retard 400 mg” nomli dori vositasini bojxona nazoratidan yashirib olib kelayotganligini fosh etishdi.
“Moskva-Andijon” yo‘nalishi bo‘yicha kirib kelgan poyezd yo‘lovchilari U.B va X.O.larning yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda esa yuklar orasida qiymati salkam 7 mln so‘mlik “Talka” aroqlari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
19:30 / 31.01.2023
Imtiyoz, qulaylik va yo‘qolayotgan byurokratiya – bojxona tizimida nimalar o‘zgardi?
23:41 / 11.01.2023
Zargarlik buyumlarini O‘zbekistondan olib chiqish bo‘yicha yengillik berildi
07:32 / 07.01.2023
O‘zbekistonga olib kiriladigan tovarlar uchun bojxona to‘lovlarini aniqlash tartibi o‘zgaradi
08:28 / 28.12.2022