Light | 22:23 / 26.07.2018
50608
3 daqiqa o‘qiladi

Inson organizmi uchun besh xatarli xavf haqida ma'lum qilindi

Olimlar aholining salomatligi holatidan jiddiy tashvishdalar, shu bois ular qanday omillar insonlarning tez o‘lim topishiga sabab bo‘lishiga doir tadqiqot o‘tkazishdi. "Ortodoks" tibbiy portali shu haqida xabar berdi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ular sayyoraning deyarli har ikkinchi kishisida uchratish mumkin bo‘lgan halokatli zararli odatlar haqida ma'lum qilishdi. Shunisi e'tiborga molikki, mazkur ro‘yxatda spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar iste'moli kabi odatiy halokatga yetaklovchi mashg‘ulotlar keltirilmagan.

Insonlar uchun eng halokatli odatlar ro‘yxatidan quyidagilar o‘rin oldi:

Yolg‘izlik

Psixologiya professori Julianna Xolt-Lunstadning fikricha, yolg‘izlik organizmga kuniga 15 sigareta chekish kabi ta'sir ko‘rsatar ekan. Shaxsiy uchrashuvlar o‘rnini egallab borayotgan virtual muloqot inson salomatligiga ijobiy ta'sir ko‘rsata olmaydi - inson baribir e'tibor yetishmasligidan aziyat chekadi.

Kamharakat hayot tarzi

Foto:iStockphoto

Kamharakat hayot tarzi ro‘yxatning ikkinchi o‘rnidan joy oldi - olimlar bu yo‘g‘on ichak hamda o‘pka saratoniga sabab bo‘lishi mumkin deb hisoblashmoqda. Tadqiqotchilarning fikricha, odamlar tobora ko‘proq kompyuter, rul va televizor qarshisida vaqt o‘tkazishmoqda.

Uyqusizlik

Foto: erhvn.mn

To‘yib uxlamaslik insult va infarkt kabi yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Olimlarning ma'lumotlariga ko‘ra, AQShning 70 million aholisi surunkali uyqusizlikdan aziyat chekadi. Bunday holat ayniqsa chekuvchilar uchun xavfli, bu zararli odat yurak-qon tomir kasalliklari xavfini besh baravarga oshiradi.

Oftobda toblanish

Oftobda toblanish xavfli odatlardan yana biri sifatida qayd etildi. Shifokorlar ultrabinafsha nurlar teri saratonini keltirib chiqarishi mumkin, deb hisoblashadi. Toblanishning salbiy ta'siri sigaretalardan-da zararli ekani ta'kidlanadi.

Noto‘g‘ri ovqatlanish

Foto: blogoduma.ru

Aholining kichik qatlamigina benuqson ratsioni bilan maqtana oladi. Qand miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari giyohvand moddalar va spirtli ichimliklar iste'molidan-da xavfli bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislar yuqoridagi kuzatuvlardan kelib chiqib, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga va salomatlikni saqlash uchun oddiy tavsiyalarga amal qilishga chorlab qolishdi.

Mavzuga oid