O‘zbekiston | 08:32 / 14.07.2023
1803
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va JSST sog‘liqni saqlash sohasida umumiy maqsadlarga erishish masalasini muhokama qildi

O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Yevropa Ittifoqidagi vakili Oksana Domenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Reuters

Markaziy Osiyo mintaqasi bilan hamkorlik doirasida JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi ko‘magida 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqildi. Ushbu hujjatning qabul qilinishiga Markaziy Osiyo mamlakatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab va kesishgan keng ko‘lamli inqirozlar, jumladan, COVID-19 pandemiyasi, iqlim o‘zgarishi inqirozi va boshqa zamonaviy muammolar sabab bo‘ldi.

Hujjat 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan Yevropa ish dasturining asosiy ustuvor yo‘nalishlariga mos keladigan siyosiy, sarmoyaviy va texnik maqsadlarga erishish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari va hamkorlarning sa’y-harakatlarini birlashtiradi.

Ushbu dasturning tarkibiy qismlaridan biri «Salomatlikni yaxshilash uchun qo‘shma harakatlar» bo‘lib, u sog‘liqdagi asosiy muammolarni bartaraf etishga va sog‘liqni saqlash tizimlaridagi asosiy kamchiliklarning oldini olishga qaratilgan. Markaziy Osiyo mamlakatlari «Yo‘l xaritasi»ning asosini tashkil etgan 11 ta harakat yo‘nalishi va 32 ta islohot tashabbuslarini ishlab chiqdi. Mazkur yo‘nalish va tashabbuslar har bir mamlakatning sog‘liqni saqlash va farovonlik sohasidagi ko‘rsatkichlari, milliy ustuvorliklari tahlili, Markaziy Osiyo davlatlari sog‘liqni saqlash vazirlarining bayonotlari hujjatning asosini tashkil etdi.

Keng qamrovli hujjatning yakuniy maqsadi mintaqaning sog‘liqni saqlash va farovonlik sohasidagi ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq qo‘shma harakatlarni amalga oshirishni jadallashtirish uchun siyosiy, investitsiya va texnik resurslarni yo‘naltirish orqali doimiy muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatishga barcha manfaatdor tomonlarni jalb qilishdan iborat. Sa’y-harakatlar yuqumli kasalliklar yukini kamaytirish, sanitariya-epidemiologiya xavfsizligini mustahkamlash, favqulodda vaziyatlarni aniqlash, sog‘lom va ekologik toza muhitni yaratish, mikroblarga qarshi kurashishga qaratilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid