Jahon | 23:07 / 26.07.2018
6394
1 daqiqa o‘qiladi

Paragvayda qishloq xo‘jaligi vaziri ketayotgan samolyot halokatga uchradi

Paragvaydagi aviahalokatda qishloq xo‘jaligi vaziri Luis Gneyting, uning o‘rinbosari, vazirlikning yana bir xodimi va uchuvchi halok bo‘ldi.

Ayolas shahridan havoga ko‘tarilgan yengil motorli Baron BE58 samolyoti aloqaga chiqmay qo‘ygan. Samolyot Paragvay poytaxti Asunsonda qo‘nishi kerak bo‘lgan.

Samolyot qoldiqlari suvda topilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot nosozlik tufayli qulagan bo‘lishi mumkin. 

Mamlakat prezidenti Orasio Kartes aviahalokat qurbonlari xotirasiga 3 kunlik milliy motam e'lon qilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid