Puchon universitetiga qabul jarayoni haqida ma'lumot berildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 2018 yil 2 iyuldagi PQ-3821-son qaroriga asosan Toshkent shahridagi Puchon universiteti tashkil etildi. Toshkent shahridagi Puchon universitetiga 2018/2019 o‘quv yilida kunduzgi ta'lim turining bakalavr bosqichiga 240 nafar “Maktabgacha ta'lim”, 60 nafar “Koreys tili” yo‘nalishlariga, kechki ta'lim turining bakalavr bosqichiga 240 nafar talaba qabul qilish rejalashtirilgan.
Joriy yilning 25 iyul kuniga qadar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bazasida hujjatlar qabul qilinib, kunduzgi “Maktabgacha ta'lim” yo‘nalishi bo‘yicha 1200 nafar, “Koreys tili” yo‘nalishi bo‘yicha 408 nafar, kechki “Maktabgacha ta'lim” yo‘nalishi bo‘yicha 540 nafar abituriyentlar hujjat topshirdi.
Mazkur universitetga ilk marotaba qabul jarayoni mamlakatda amalga oshirilayotgan ta'lim islohotlariga mos ravishda adolatli, oshkora va shaffof holda 2018 yil 29 iyul kuni katta sig‘imdagi binolarga ega bo‘lgan Respublika olimpiya zaxiralari kolleji hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Oliy ta'lim muassasalararo sport majmuasida test sinovi tashkil etiladi.
Kirish imtihonlarining birinchi bosqichi hisoblangan test sinovi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli kompleksi nazorati ostida, Koreya Respublikasining Puchon universiteti rahbarlari va vakillari, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Maktabgacha ta'lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tashkil etiladi.
Test sinovi javob varaqalarini maxfiyligini ta'minlangan holda Koreya Respublikasiga Puchon universitetiga olib borib tekshiriladi hamda test sinovi natijalari joriy yilning 1 avgust kuni e'lon qilinadi.
Kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi suhbat jarayoni Koreya Respublikasining Puchon universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bazasida joriy yilning 16, 17, 18 avgust kunlari tashkil etiladi. Suhbat natijalari va kirish imtihonlarining yakuniy natijalari Koreya Respublikasining Puchon universiteti, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan joriy yilning 20 avgust kuni e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
14:50 / 06.08.2024
Magistratura uchun rad etilgan arizalarni tahrirlashga qo‘shimcha muddat berildi
11:00 / 01.08.2024
1-sinf uchun mikrohududdan tashqari maktablarga qabul boshlandi
20:40 / 09.07.2024
Agrippina Shin Toshkentdagi Puchon universitetiga rektor etib tayinlandi
14:56 / 01.07.2024