Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtobus daraxtga borib urildi, 11 kishi jarohat olgan
Bugun soat 14.35da Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga Beltepa –Aeroport yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan 11-sonli avtobus (3-avtoparkka qarashli) ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqidagi xabar kelib tushdi.
IIBB xabarida qayd etilishicha, «MAN» rusumli avtobus Bobur ko‘chasidan ketayotib 1-sonli FXDYo oldidagi daraxtga borib urilgan. Oqibatda daraxt sinib «Kobalt» avtomobilining ustiga ag‘darilgan. Baxtli tasodif tufayli bu vaqtda uning salonida hech kim bo‘lmagan. Avtobus haydovchisining so‘zlariga ko‘ra esa, YTH vaqtida avtobus salonida 25-30 yo‘lovchi bo‘lgan. Qurbonlar yo‘q.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, 11 kishi yengil jarohatlar bilan kasalxonalarga murojaat qilgan. YTH sabablari o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025