Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urganchlik kollej talabasi Ukraina ordeni bilan mukofotlandi
Xorazm viloyatidagi Urganch kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Boburbek Egamberdiyev “Kraina” Butunukraina fuqarolik tashkilotining “Za Rozbudovu Ukraini” (“Ukraina rivoji uchun”) ordeni bilan taqdirlandi.
Endigina 18 yoshga qadam qo‘ygan Boburbekning til o‘rganish, ilm cho‘qqilarini egallashda erishayotgan yutuqlariga barcha tengdoshlari havas qilsa arzigulik. U o‘tgan yil Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan rus tili va adabiyoti bo‘yicha Xalqaro olimpiadada nominatsiya g‘olibi, joriy yilda Tatariston poytaxti Qozon shahrida tashkil qilingan tatar tili va adabiyoti Xalqaro olimpiadasida 2-o‘rin sohibi bo‘ldi, deb yozadi “Xalq so‘zi” nashri.
Boburbekning xorijiy tillarni o‘rganish orqali yoshlar o‘rtasida xalqaro hamdo‘stlikni mustahkamlash, ilm-fanga qiziqishini kuchaytirish bo‘yicha qator maqolalari xorijiy nashrlarda chop etilgan.
Hamyurtimizning ijodiy izlanishlari munosib e'tirof etilib o‘tgan yilda Fransiyaning “Euro Star-2017” mukofoti sohibi bo‘lgan edi. Yaqinda esa “Kraina” Butunukraina fuqarolik tashkiloti Boburbek Egamberdiyevni “Za Rozbudovu Ukraini” ordeni bilan taqdirladi. Yosh tadqiqotchi o‘zbek va ukrain tillari nazariyasini o‘rganish, do‘stlik aloqalarini mustahkamlashda erishgan yutuqlari uchun ushbu nufuzli mukofotga loyiq ko‘rildi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025