O‘zbekiston | 16:56 / 27.07.2018
19195
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent davlat pedagogika universitetida 41 nafar abituriyent muddatidan oldin talaba bo‘ldi

Foto: UzReport

Joriy o‘quv yilida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga bakalavriatning kunduzgi bo‘limi uchun 22 ta'lim yo‘nalishida 1675  nafar talabani qabul qilinadi. Hujjat topshirgan abituriyentlar soni 14242 nafarni tashkil etdi.

Universitet matbuot xizmatining Kun.uz`ga ma'lum qilishicha, biologiya o‘qitish metodikasi, pedagogika va psixologiya, ingliz tili, boshlang‘ich ta'lim va sport-tarbiyaviy ish, maktabgacha ta'lim yo‘nalishlariga eng ko‘p abituriyent hujjat topshirgan.

Ta'kidlash joiz, Toshkent davlat pedagogika universitetiga hujjat topshirgan 41 nafar abituriyent imtihonsiz talabalikka qabul qilinadi. Ularning 40tasi respublika fan olimpiadalari g‘oliblari bo‘lib, bir nafari Yoshlar ittifoqi tomonidan talabalikka tavsiya etilgan. 

Shuningdek, universitetga kirish niyatida ariza topshirgan 88 nafar abituriyent harbiy xizmatni muvaffaqiyatli ado etib, imtiyozni qo‘lga kiritgan. 

Abituriyentlarning 86 nafari harbiylarning farzandlari bo‘lib, ularga qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozlar taqdim etiladi. 

Ayni damda universitetda ijodiy imtihonlar davom etmoqda.

Mavzuga oid