O‘zbekiston | 11:34 / 28.07.2018
10807
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston harbiylari Sankt-Peterburgda tayyorgarlik ko‘rmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining «ArMI—2018» Xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etuvchi jamoalari joylarga yetib kelib, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Harbiy tibbiyot akademiyasiga joylashdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Musobaqa ishtirokchilari Akademiyada tashkil etilgan Simulyatsiya markazida va akademiya o‘quv poligonida musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rib borishmoqda. Kuni kecha harbiy tibbiyot akademiyasida musobaqalarni olib borish uchun qur'a tashlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shuningdek, Moskva shahrining “Alabino” dala o‘quv maydonida hakamlar hay'atining yig‘ilishi o‘tkazildi. Ta'kidlash kerakki, hakamlar hay'ati tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi vakili polkovnik Shavkatbek Mamajonov ham o‘rin olgan.

Mazkur yig‘ilishda musobaqa davomida hakamlik ishlarini olib borish, musobaqalardagi shaffoflik va yo‘l qo‘yib bo‘lmas kamchiliklar xususida so‘z yuritildi. Yig‘ilish so‘ngida barcha hakamlar hay'ati a'zolariga xalqaro hakamlik bo‘yicha sertifikatlar topshirildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi «ArMI-2017» doirasida 5 davlat hududida o‘tkazilgan musobaqalarda 28 davlatdan kelgan 4,5 mingdan ortiq harbiylar qatnashgan bo‘lsa, joriy yilda 7 davlatda o‘tishi kutilayotgan musobaqalarning soni 30 taga yetib, ularda Indoneziya va Filippin harbiy jamoalari birinchi marta qatnashadi.

Novosibirsk oliy harbiy qo‘mondonlik bilim yurti dala o‘quv maydonida 2018 yilning 28 iyulidan 9 avgustiga qadar “Qo‘shin razvedkasi a'lochilari” musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Bu yil ushbu tur musobaqada Xitoy, Armaniston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Zimbabve, Sudan va Belarusdan kelgan razvedka jamoalari ishtirok etadi.

Har bir razvedka jamoasi jamoa rahbari va sardori, 10 kishidan iborat razvedkachilar guruhi, 2 ta zahira ishtirokchi, 2 ta murabbiy, ta'minot guruhidan 3 kishi va texnik ta'minot guruhidan 3 kishidan tashkil topadi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mavzuga oid