Sport | 23:24 / 30.07.2018
13596
1 daqiqa o‘qiladi

Marca «Real»ning asosiy maqsadi qaysi futbolchi ekanini yozdi

«Real» klubi «Chelsi» darvozaboni Tibo Kurtua bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

Bugun madridliklar Kurtua va yarimhimoyachi Villian uchun 100 million yevro berishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Marca xabariga ko‘ra, bu ma'lumot haqiqatdan yiroq. «Real»ning asosiy maqsadi - darvozabon Kurtua. Madridliklar uning transferi uchun 30-35 million yevro berishga tayyor.

Ayni paytda «Real»ga yarimhimoyachi Villian va Eden Azar kerak emas.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid