So‘mda hisobvaraq ochishi mumkin bo‘lgan xorijiy kompaniyalar ro‘yxati kengaytirildi
So‘mda hisobvaraq ochishi mumkin bo‘lgan xorijiy kompaniyalar ro‘yxati kengaytirildi. Bu haqda Markaziy bank boshqaruvining qarorida aytiladi.
Hujjat bilan banklar tomonidan norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida hisobvaraqlarni yuritish tartibiga o‘zgartirishlar kiritilgan.
Ilgari faqat uch toifadagilar bunday hisobvaraqlarni ochishi mumkin edi:
• mamlakatdagi xorijiy diplomatik va boshqa rasmiy vakolatxonalar;
• xalqaro tashkilotlar va immunitet hamda diplomatik imtiyozlardan foydalanuvchi ularning filiallari;
• tijorat faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan xorijiy tashkilotlarning vakolatxonalari.
Endilikda ularga tovar-xomashyo birjalari ochiq elektron savdolarida ishtirok etadigan kompaniyalar qo‘shildi. Ushbu hisobvaraqlarga birjada mahsulot sotishdan tushgan mablag‘lar qo‘yilishi mumkin, egalari esa ulardan chet el valyutasini sotib olishlari yoki ularni tovar-xomashyo birjalari hisob-kliring palatalarida ochilgan hisoblarga avval o‘tkazishlari mumkin.
Mavzuga oid
17:02 / 29.05.2024
So‘m dollarga nisbatan ketma-ket beshinchi kun mustahkamlandi
21:02 / 06.02.2024
O‘zbek so‘mi dollarga nisbatan sezilarli darajada pasaygan valutalar qatoridan joy oldi
10:27 / 01.09.2022
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning undiruvga yo‘l qo‘yilmaydigan maxsus hisobvaraqlari tugatiladi
20:55 / 21.12.2019