Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning undiruvga yo‘l qo‘yilmaydigan maxsus hisobvaraqlari tugatiladi

Foto: Fotolia
“Prezident va hukumat ayrim hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi farmon loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha barcha toifadagi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar uchun teng raqobat sharoiti yaratilishini davom ettirish, hisob-kitob tizimi shaffofligini oshirish va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar to‘lov intizomini mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Loyiha qabul qilinishi soliq solish masalalari bo‘yicha quyidagilarga imkon beradi:
a) 2022 yil 15 iyundan boshlab xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tijorat banklarida ochilgan qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga yo‘l qo‘yilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlari tugatiladi.
Bunda, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tugatilgan maxsus maqsadli hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qoldig‘i ular asosiy yoki ikkilamchi hisobvaraqlariga o‘tkaziladi;
b) maxsus maqsadli hisobvaraqlar Vazirlar Mahkamasi qarori asosida ochiladi va yopiladi;
v) maxsus maqsadli hisobvaraqlarni ochish va (yoki) yopish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalari Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank bilan majburiy ravishda kelishiladi.
Mavzuga oid

15:00 / 26.02.2019
O‘zbekiston banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritildi

14:40 / 29.10.2018
Tadbirkorlarga bank hisobvaraqlarini masofadan ochishga ruxsat berildi

11:26 / 24.09.2018
Banklarda ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish kiritiladi

17:00 / 31.07.2018