O‘zbekiston | 16:42 / 30.07.2018
30345
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zdonmahsulot»ga yangi rais tasdiqlandi. Undan avvalgi rahbar qo‘lga olingandi

Foto: KUN.UZ

Farrux Jahongirovich Po‘latov “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Yuqori sifatli un navlari, yorma, omixta yem, shuningdek non-bulka, makaron va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni hamda iqtisodiyot tarmoqlari va respublika aholisini ular bilan ta'minlash “O‘zdonmahsulot” AKning asosiy vazifalari sirasiga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zdonmahsulot” rahbari va uning kuyovi poraxo‘rlikda ayblanib qo‘lga olingani xabar qilingandi.

Mavzuga oid