Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"OTMlarga kirish imtihonlarida to‘liq shaffoflik ta'minlanadi!" - Aziz Abduhakimov
2018-2019 o‘quv yilida O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari (OTM)ga kirish imtihonlarida to‘liq ochiqlik va shaffoflik ta'minlanadi. Shu bilan birga, bu yilgi test sinovlari jarayonlarini onlayn va mahalliy televideniye orqali kuzatish imkoni mavjud bo‘ladi. KUN.UZ muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov bergan ma'lumotga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
O‘zbekistonda oliy ta'lim muassasalari (OTM)ga kirish imtihonlariga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
"Joriy yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan OTMlarga kirish imtihonlarini adolatli, shaffof va ochiq shart-sharoitlarda o‘tkazish jarayonlariga yangicha yondashildi. Eng asosiysi, imtihonlarda to‘liq shaffoflik ta'minlanmoqda. Shu maqsadda kirish imtihonlaridagi barcha jarayonlar test2018.uz sayti hamda UzdigitalTV, viloyatlarda esa mahalliy televideniye orqali to‘liq onlayn namoyish etiladi", - deydi Aziz Abduhakimov.
Bosh vazir o‘rinbosarining ta'kidlashicha, endi ota-onalar jaziramada soatlab farzandlarining imtihon topshirib chiqishlarini kutib o‘tirishlariga hojat yo‘q. Buning o‘rniga OTMlarga kirish imtihonlari qanday o‘tayotganini bemalol uyda, qulay sharoitlarda kuzatishlari mumkin.
Mavzuga oid
19:01 / 05.04.2025
“Har qanday loyihani, albatta, ekologik ekspertizadan o‘tkazamiz” – ekologiya vaziri AES haqida
16:45 / 28.01.2025
Britaniyada 14 kishiga fuqarolik olib berish uchun parik kiyib test topshirgan ayol hibsga olindi
16:12 / 20.12.2024
Chiqindilarni boshqarish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi
17:23 / 12.12.2024