Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikadagi shahar politsiyasiz qoldi
Massachusets shtatining Blendford shahridagi barcha to‘rt politsiyachi iste'foga chiqdi, deb xabar berdi CBS Boston.
Politsiyachilar chidab bo‘lmas ish sharoitlariga norozilik tarzida ishdan bo‘shashdi. Aytishlaricha, ular shahar bo‘ylab o‘z avtomashinalarida patrul xizmatini amalga oshirishgan, chunki xizmat mashinalari yaroqsiz bo‘lgan. Bundan tashqari, ular yaroqlilik muddati tugagan o‘q o‘tkazmaydigan zirhli nimchalardan ham nolishgan.
Ofitserlarning ta'kidlashicha, mehnat sharoitlari shunchalik yomon bo‘lganki, ularning ishdan bo‘shashdan boshqa ilojlari qolmagan.
Hozircha politsiyaga yangi xodimlar olinmagan. Ularning vazifasini qisman shtat politsiyasi o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid
18:39 / 27.03.2025
Angliya politsiyachilari me’yoridan ortiq ishlayotgani sabab jinoyatlarni fosh eta olmayapti
14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi
17:23 / 11.03.2025
AQShda 40 yil oldin qamoqdan qochgan jinoyatchi ushlandi
15:39 / 11.03.2025