Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzakh Petroleum Honeywell UOP texnologiyasi ishtirokida yangi neftni qayta ishlash zavodini quradi
AQShning Honeywell korporatsiyasi Jizzakh Petroleum JV LLC benzin, dizel va reaktiv yoqilg‘i ishlab chiqarish uchun yiliga 5 mln tonna neftni qayta ishlashi mumkin bo‘lgan yangi neftni qayta ishlash zavodining qurilishi uchun Honeywell UOP texnologiyasidan foydalanishi haqida xabar berdi.
Honeywell UOP litsenziyalash va tayanch muhandislik loyihalashtiruvi xizmatlarini taqdim etadi. Qurilish yakunlanganidan so‘ng, zavod yiliga Euro V sifatidagi 3,7 million tonna motor yoqilg‘isini, 700 ming tonna aviatsiya yoqilg‘isini va 500 ming tonna boshqa mahsulotlarni, jumladan, suyultirilgan neft gazi va bitumni ishlab chiqaradi.
«Jizzakh Petroleum ushbu neftni qayta ishlovchi zavodni yuqori sifatli motor yoqilg‘isi ishlab chiqarishni oshirish va ichki talabni qondirish uchun qurmoqda», - deya aytib o‘tdi Honeywell UOP prezidenti Jon Gugel.
Mavzuga oid
17:35 / 30.04.2025
Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV
21:41 / 17.04.2025
Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi
20:44 / 07.04.2025
Kreml neft bozoridagi «o‘ta notinch» vaziyatdan xavotir bildirdi
15:23 / 19.03.2025