Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manchester Yunayted» «Real»ni mag‘lub etdi
«Manchester Yunayted» Xalqaro chempionlar kubogi uchrashuvida «Real»ni mag‘lub etdi. Mayamidagi (AQSh) «Xard Rock» stadionida kechgan bahs mankunianliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvdagi barcha gollar birinchi bo‘limda kiritildi. Joze Mourino shogirdlari bellashuvning 27-daqiqasiga kelib 2:0 hisobida oldinga chiqib olishdi - Aleksis Sanches va Ander Errera gol urdi. «Qaymoqranglilar» qo‘shib berilgan uchinchi daqiqada oradagi farqni qisqartirishdi - Karim Benzema o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Manchester Yunayted Angliya – Real Madrid Ispaniya 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 18 Sanches, 2:0 – 27 Errera, 2:1 – 45 Benzema.
Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, Shou, Darmian, Mata (Garner, 82), Fred(Tuanzebe, 68), Pereyra, Maktomini (Mitchell, 79), Sanches, Errera, Fosu-Mensa.
Real Madrid – Kasilya (Lunin, 46), Valexo (Nacho, 77), Teo (Regilon, 46), Odriosola (Serxio Lopes, 62), Xaver Sanches, Sebalos (de Tomas, 62), Valverde (Isko, 77), Vinisius Junior (Oskar Rodriges, 62), Lorente(Asensio, 77), Beyl (Edegor, 46; Kroos, 77), Benzema (Mayoral, 46).
Mavzuga oid
16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?
19:12 / 18.05.2025