Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sodiq Safoyev: Ekstremizm bu siyosiy muxolifat emas, balki undan tashqaridagi narsadir
“Demokratiyani mustahkamlash va yanada kengaytirish ekstremizmning o‘sishiga qarshi kurashda eng yaxshi vosita sanaladi”, - dedi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Vashingtondagi Milliy press-klubda “O‘zbekistonda diniy erkinliklarning yangi davri” mavzuida o‘tgan maxsus brifingda
“Ekstremizm bu siyosiy muxolifat emas, balki undan tashqaridagi narsadir. Shu nuqtai nazardan, mening tushunishimcha, u qonuniy harakatlar doirasidagi narsa emas”, - dedi u.
Sodiq Safoyevning fikricha, siyosiy muxolifat va haqiqiy demokratiyaning yo‘qligi “kulrang zona” yaratilishiga olib kelishi mumkin, odamlar o‘z noroziligini, nohaqlik, korrupsiya va hokazolarga nisbatan qarshiligini ifoda etolmagan mahal ekstremizm tarafga yuz buradi.
“Muhimi shuki, O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar va nodavlat tashkilotlar xalqning xohish-irodasi, orzu va umidlarini namoyon etishda ekstremist, radikal guruhlarga imkon qoldirmasliklari kerak”, deya qo‘shimcha qildi Safoyev.
Mavzuga oid
16:39 / 02.12.2024
“Tashqi siyosat konsepsiyasi yopiq bo‘lishi mumkin emas” - Sodiq Safoyev
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
15:20 / 26.10.2024
«O‘zbekistonning BRICS'ga a’zo bo‘lishi kun tartibida emas» – Sodiq Safoyev
12:22 / 28.08.2024