Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada harorat rekordi yangilandi, qurbonlar soni 27 kishiga yetdi
Janubiy Koreyada harorat ko‘tarilib ketishi oqibatida vafot etganlar soni 27 kishiga yetdi, mamlakat hududida tarixdagi eng yuqori harorat kuzatilmoqda.
Ikki hafta ilgari jaziramadan 14 kishi vafot etgani va 1,3 ming kishi jabrlangani xabar qilingandi.
Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi ma'lumotlariga ko‘ra, 29 iyul holatiga qurbonlar soni 27 kishiga yetgan, ikki mingdan ortiq kishi jabrlangan.
Janubiy Koreya meteoxizmati chorshanba kuni mamlakatda harorat rekordi yangilanganini ma'lum qildi. Seuldan 85 kilometr janubda joylashgan Xonchxon uyezdida harorat 41 darajaga ko‘tarilgan.
Poytaxt Seulda ham 111 yil davomidagi eng yuqori harorat - 39,6 daraja issiq qayd etilgan.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:14 / 05.05.2025