Jamiyat | 14:38 / 04.08.2018
119252
2 daqiqa o‘qiladi

3 nafar qo‘shnisining farzandlarini o‘ldirib, o‘z hovlisiga ko‘mib qo‘ygan shaxsga hukm chiqarildi

8 yil davomida 3 nafar qo‘shnisining turli yoshdagi voyaga yetmagan farzandlarini o‘ldirgan Zohid Otaboyev umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi. Bu haqda Bosh prokuraturaning Facebook’dagi sahifasida xabar berilgan.

 

Hukm jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi tomonidan chiqarilgan.

Tergov Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani, “Xonobod” MFYda yashagan Zohid Otaboyev 2003 (Sh.M.), 2005 (Yo.U.) va 2014 (O.S.) yilda tug‘ilgan voyaga yetmaganlarni qasddan o‘ldirib, ularning murdasini o‘z hovlisiga ko‘mib qo‘yganini aniqlagan edi. 

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi «a» va «v» bandlari (Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda — ikki yoki undan ortiq shaxsni, aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Mudhish jinoyat tafsilotlari bugun “O‘zbekiston 24” telekanalida soat 18:10da namoyish etiladi.

Mavzuga oid