Sport | 10:50 / 05.08.2018
11453
3 daqiqa o‘qiladi

«Liverpul» «Napoli»ga 5ta gol urdi, «Arsenal»da g‘alaba, «Tottenhem»da mag‘lubiyat

Angliyaning 3ta klubi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdi.

«Liverpul» «Napoli»ni yirik hisobda mag‘lub etdi, Yurgen Klopp shogirdlari Karlo Anchelotti jamoasi darvozasiga javobsiz beshta gol urdi — 5:0. 

To‘rtinchi daqiqadayoq «Liverpul» Jyeyms Milnerning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olgandi. Yana 5 daqiqadan keyin Milner Jorjino Veynaldumni golli pas bilan ta'minladi.

58-daqiqada esa Muhammad Saloh o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. 73-daqiqadan 78-daqiqagacha inglizlar jamoasi Deniyel Starrij va Albert Morenoning gollari evaziga hisobni yanada yirik ko‘rinishga keltirishdi. 

Bu o‘yin futbol tarixidagi eng qimmatbaho darvozabon, braziliyalik Alison Beker uchun «Liverpul» safidagi debyut uchrashuv bo‘ldi.

Shu kuni «Arsenal» Italiyaning boshqa bir klubi «Latsio»ga qarshi o‘ynadi va ikki bo‘limda bittadan gol urib,  g‘alabaga erishdi. Gollarga Reyss Nelson va Per-Emerik Obameyang mualliflik qilishdi.

«Tottenhem» esa «Jirona»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi - 1:4.

O‘rtoqlik uchrashuvlari
Liverpul Angliya – Napoli Italiya 5:0
 (2:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 4 Milner, 2:0 – 9 Veynaldum, 3:0 – 58 Saloh, 4:0 – 73 Starrij, 5:0 – 77 Moreno.
Liverpul – Alisson, Gomes (Filipps, 76), Robertson (Moreno, 62), Klayn (Aleksander-Arnold, 62), van Deyk, Veynaldum (Jons, 62), Milner (Fabino, 56), Keyta (Origi, 71), Mane (Starrij, 62), Saloh (Solanke, 62), Firmino (Shaqiri, 46).
Napoli – Karnezis, Kulibali (Kirikesh, 71), Husay, Luperto (Mariu Ruy, 46), Albiol (Maksimovich, 59), Hamshik (Una, 63), Allan, Kallejon (Diavara, 63), Fabian Ruis (Rog, 62), Insine (Verdi, 63), Milik (Ingleze, 62).

Arsenal Angliya – Latsio Italiya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 18 Nelson, 2:0 – 64 Obameyang.
Arsenal – Leno, Holding (Mavropanos, 78), Chembers (Papastatopulos, 78), Lixtshtayner (Belerin, 62), Meytlend-Naylz, Torreyra (El-Nenni, 62), Chaka (O‘zil, 62), Ivobi (Mxitaryan, 62), Lyakazett (Smit-Rou, 78), Nketia (Obameyang, 46), Nelson (Ganduzi, 46).
Latsio – Proto, Acherbi (Gabarron, 71), Radu (Luis Felipe, 62), Basta (Bashtush, 71), Uolles (Kaseres, 71), Murdjia (Milinkovich-Savich, 62), Lulich (Durmisi, 62), Luis Alberto (Kataldi, 71), Parolo (Korrea, 71), Leyva (Badel, 71), Kaysedo (Netu, 71).
Ogohlantirish: Holding (77).

Jirona Ispaniya – Tottenhem Angliya 4:1 (2:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 13 Lukas Moura, 1:1 – 22 Xuanpe, 2:1 – 34 Losano, 3:1 – 53 Portu, 4:1 – 61 Aleysh Garsiya.
Jirona – Bunu (Vito, 85), Munesa (Alkala, 72), Xuanpe (Ramalo, 82), Espinosa (Planas, 73), Porro (Andzuana, 82), Aleysh Garsiya (Kochorashvili, 84), Granel, Garsiya (Montes, 83), Timor (Pons, 65), Portu (Aday, 70), Losano (Soni, 66).
Tottenhem –    Vorm (Gassaniga, 46), Eyoma (Tanganga, 82), Devis, Ore (Uoker-Piters, 46), Eymos (Treysi, 81), Marsh (Bouden, 83), Georgiu, Nkudu (Dinzeyi, 63), Skipp, Lukas Moura (Lorente, 46), Son Xin Min (Magoma, 81).
Ogohlantirishlar: Garsiya (35), Granel (44), Munesa (45), Soni (66).

Mavzuga oid