Jahon | 21:44 / 06.08.2018
4399
2 daqiqa o‘qiladi

Laosda suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni o‘ttiz bir kishiga yetdi

Foto: REUTERS

Laos janubidagi tog‘li Attapi viloyatida qurilayotgan GES to‘g‘onining yorilib ketishi oqibatida sodir bo‘lgan suv toshqinlari natijasida halok bo‘lganlar soni 31 kishiga yetdi, deb xabar berdi Lao Star TV kanali.

"Qutqaruvchilar halokat hududida yana bir nechta jasadlarni topishdi. Bugungi kunga kelib halok bo‘lganlarning tasdiqlangan soni 31 kishini tashkil etadi, 130 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda", — dedi Attapi viloyati gubernatorining o‘rinbosari Unla Saynyasit.

Avvalroq Laos hukumati 26 kishi halok bo‘lgani va 131 kishi bedarak yo‘qolganini ma'lum qilgandi.

Xabar qilinishicha, to‘g‘on aholini evakuatsiya qilish avjiga chiqqan pallada yorilib ketgan. Evakuatsiya ishlari halokatdan bir necha soat oldin, qurilayotgan GES ma'muriyati bir necha kunlik tinimsiz yomg‘irlardan so‘ng to‘g‘onda yoriqlar paydo bo‘lgani haqida xabar qilganidan keyin boshlangan.

Mavzuga oid