O‘zbekiston | 10:53 / 07.08.2018
11453
1 daqiqa o‘qiladi

MFY raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisiga oylik maosh tayinlanishi mumkin 

Foto: KUN.UZ

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida MFY raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisiga oylik maosh tayinlash haqida petitsiya paydo bo‘ldi.

Qayd etilishicha, yoshlarni ma'naviy barkamol etib tarbiyalash, ularni turli zararli oqimlar va yot g‘oyalar ta'siridan asrash masalasiga katta e'tibor qaratilmoqda. Yoshlar kuni belgilanishining o‘zi ham yoshlarga e'tibor va qo‘llab-quvvatlash, ularga keng imkoniyatlar yaratilganidan dalolatdir. O‘sib kelayotgan avlodga e'tiborni bugun avvalo oilada, mahallada kuchaytirishimiz va ularga zarur sharoitlarni yaratishimiz uchun barchamiz o‘zimizda katta mas'uliyatni his qilmog‘imiz lozim.

“Mahallalarda yoshlar masalalarini o‘rganish, ularning bandligini ta'minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda samaradorlikni ta'minlash maqsadida MFY raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisiga oylik maosh tayinlashni taklif qilamiz”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Mavzuga oid