Sport | 07:26 / 07.08.2018
35091
2 daqiqa o‘qiladi

MMA jangchisi Mahmud Murodov O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘ldi

Foto: Instagram /makhmud_muradov

MMA jangchisi Mahmud Murodov O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘ldi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasi orqali xabar berdi.

«Yana bir orzu ro‘yobga chiqdi. Hurmatli prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga alohida minnatdorlik bildirmoqchiman. 26 yil davomida shu kunning kelishiga shubha qilmagandim, hech qachon o‘z ajdodlarimni va o‘zbek zamini o‘g‘loni ekanligimni unutmaganman, bugun esa buni tasdiqlovchi hujjatni qo‘lga oldim. O‘z yurtimning to‘la huquqli fuqarosi sifatida uning sha'nini jahon arenalarida himoya qilishga va har bir davlat o‘zbek sportchilarining qudratini bilishi uchun bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarishga va'da beraman. Har bir inson orzu bilan yashaydi, meniki esa bugun ushaldi. Yana bir bor rahmat...», - deya yozgan M.Murodov.

Ma'lumot uchun, Mahmud Murodov asli Tojikistonda tavallud topgan. Ko‘p yillardan beri jahon ringlarida O‘zbekiston bayrog‘i ostida jang qilib kelayotgan edi.

Mavzuga oid