Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real»ga o‘tishni istayotgan Kurtua boykot boshladi. «Chelsi» uni jazolaydi
«Chelsi» darvozaboni Tibo Kurtua klubning ikkinchi mashg‘ulotini ham o‘tkazib yubordi.
Dushanba kuni tongida belgiyalik darvozabon «Real»ga o‘tish ahdida qat'iyligi va londonliklar klubiga qaytmoqchi emasligi haqida xabarlar tarqalgandi.
BBC xabariga ko‘ra, «Chelsi» ushbu ish bo‘yicha chora ko‘rishni boshlagan. 26 yoshli futbolchiga 200 ming funt miqdorida jarima qo‘llanishi kutilmoqda.
Kurtuaning klub bilan shartnomasi muddati tugashiga bir yil muddat qolgan. Ammo shu yozdayoq Madrid klubiga o‘tib ketishni rejalashtirmoqda.
Sky Sports xabariga ko‘ra, «Chelsi» yangi darvozabon topsa, Kurtuani qo‘yib yuborishi mumkin, ammo Angliyada bu safargi transferlar darichasi 1 sentabrda emas, chempionat boshlanishi arafasida, 9 avgust kuni yopiladi va klub Kurtuani sotsa, asosiy darvozabon topa olmasligidan tashvishlanmoqda.
Bundan avvalroq, «Chelsi» Kurtua o‘rniga «Atletik»dan Kepa Arrisabalagani yoki «Atletiko»dan Yan Oblakni sotib olishi mumkinligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.
London klubi shuningdek «Stok Siti» darvozaboni Jek Batlendni Kurtuaga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Londonliklar «Everton»dan Jordan Pikfordni sotib olishga ham uringan ammo rad javobi olgan.
Mavzuga oid
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi
11:30 / 26.01.2025
Mbappeda ilk het-trik, Husanovda omadsiz debyut. Kun o‘yinlari
01:58 / 26.01.2025