Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng qulay transportga ega shaharlar ma'lum qilindi
Expert Market konsalting kompaniyasi jamoat transporti qulayligi bo‘yicha shaharlar reytingini tuzib chiqdi, deb xabar beradi Euromag.
Birinchi o‘rinni Nitstsa egalladi, unda yashovchi aholi tirbandlikda yiliga o‘rtacha 22 soat vaqtini o‘tkazadi, ishga borish va ishdan qaytish uchun yo‘lga taxminan 40 daqiqa vaqt sarflashadi va oylik yo‘l chiptasini o‘z ish haqining 1,25 foiziga sotib olishadi.
Ikkinchi o‘rinda - Ekvadorning Kuenka shahri, kuchli uchlikka Ispaniyaning Bilbaosi yakun yasab berdi. Fransiyaning Tuluzasi va Italiyaning Kataniya to‘rtinchi hamda beshinchi pog‘onalardan joy egalladi.
Reytingda jami 74 shahar mavjud.
Tuzuvchilar jamoat transportidagi safarning o‘rtacha vaqti, bekatda kutish vaqti, yo‘ldagi masofa, bir safardagi boshqa transportga o‘tish soni, shuningdek, tirbandlikdagi kutish vaqti hamda o‘rtacha ish haqini hisobga olgan holda chipta narxining qimmatligini hisobga olishgan.
Mavzuga oid
16:30 / 21.09.2024
Ukrainada 300 dan ortiq aholi punkti nomi o‘zgartiriladi
11:49 / 13.08.2024
Daraxtlar jaziramada shahar havosini sovitolmasligi mumkin - tadqiqot
17:55 / 28.06.2024
Boylarni rom etgan megapolislar. Forbes eng ko‘p milliarder yashaydigan shaharlar ro‘yxatini e’lon qildi
21:54 / 10.06.2024