Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtomashinani haydab chiqib ketgan fuqaro bedarak yo‘qoldi
7 avgust kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi M.K. ismli ayol IIBga murojaat qilib, shu yil 6 avgust kuni 36 yoshli o‘g‘li Ibrohim Umarov boshqaruvidagi davlat raqami 10 F 163 LA bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinasida uyidan noma'lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma'lum qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, I.Umarovni qidirib topish choralari ko‘rilgan.
“Hurmatli fuqarolar, agar Siz I.Umarov va uning boshqaruvidagi avtomashina haqida biron-bir ma'lumotga ega bo‘lsangiz, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingizni so‘raymiz!” - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
11:16 / 24.05.2025