Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston professional boks federatsiyasiga yangi rahbar saylandi
O‘zbekiston Professional boks federatsiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari, O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi raisi vazifasini v.b, federatsiya a'zolari, sportchilar va murabbiylar ishtirok etishdi.
Tadbirda O‘zbekiston Professional boks federatsiyasining faoliyati, shu kunga qadar bajarilgan ishlari va kelgusi yilda tashkillashtirilishi rejalashtirilayotgan musobaqalar to‘g‘risida hisobot berildi va Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti maslahatchisi Komiljon Xudoyberganov, O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi raisi va raisning birinchi o‘rinbosari lavozimiga nomzodlarni taqdim etdi. Ushbu nomzodlar yakunda bir ovozdan saylandilar.
Shuningdek, Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Jasur Matchanov kelajakda o‘zbek professional boksini ham jahon darajasiga chiqarish kerak ekanligi hamda birgalikda istiqbolli ishlarni amalga oshirish lozimligini ta'kidladi. O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi ish faoliyatini yanada jonlantirish maqsadida, federatsiya raisligiga “Real haus” kompaniyasi rahbari Isroil Yunusov, rais birinchi o‘rinbosari etib Abdulloh Sagdiyev, Vladimir Shin esa rais o‘rinbosari lavozimiga saylandi.
Mavzuga oid
20:41 / 26.02.2025
World Boxing federatsiyasi XOQ tomonidan vaqtincha tan olindi
21:01 / 13.01.2025
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri faoliyatini yakunladi
22:36 / 28.12.2024
Boks. To‘lqin Qilichev – Osiyoda yil murabbiyi deb e’lon qilindi, yana ikki o‘zbekistonlik ayol bokschi tengsiz bo‘ldi
17:39 / 09.12.2024