Jahon | 07:46 / 09.08.2018
7547
1 daqiqa o‘qiladi

FQB o‘zlarini rossiyalik deb atagan bir necha kishini qo‘lga oldi

Foto: AP/ J. David Ake

AQShda o‘zlarini Rossiya fuqarosi deb atagan yana bir necha kishi qo‘lga olindi, deb xabar berdi RIA Novostiga Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulxonasi matbuot kotibi Aleksey Topolskiy.

Avvalroq diplomatik missiyaga besh nafar rossiyalik hibsga olingani haqida xabar berilgandi. Iyul oyi oxirida AQSh adliya vazirligi 4,5 million dollar miqdoridagi yirik tovlamachilik ishini surishtirish doirasida 25 kishi hibsga olinganini ma'lum qilgan, keyinroq ularning orasida besh nafar rossiyalik borligi haqida xabar bergandi. 

"FQBdan o‘zlarini rossiyalik deb atagan bir necha kishi qo‘lga olingani haqida rasmiy xabarnoma olindi, hozirda bu ma'lumot tekshirilmoqda", — dedi Topolskiy.

Mavzuga oid