Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIBB: Birgina radar 3,5 soat ichida tezlikni oshirgan 112ta transport vositasini aniqladi
Bu ko‘rsatkich bugun Yunusobod tumanidagi Toshkent avtomobil halqa yo‘lida o‘rnatilgan radar qurilmasi yordamida ro‘yxatga olingan. Mazkur yo‘lda ruxsat etilgan tezlik soatiga 70 km.ni tashkil etgan, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB.
Toshkent shahar IIBB tomonidan tezlikni belgilangan me'yordan oshirish qonunan taqiqlanishi haqidagi ogohlantirishlarga qaramay, ko‘pchilik haydovchilar hamon yo‘llarda o‘zboshimchalik bilan tezlikni oshirib, harakat xavfsizligi qoidalarini buzib kelishmoqda, deyiladi xabarda.
Shuningdek, ruxsat yetilgan tezlik soatiga 50 km.ni tashkil etuvchi belgi o‘rnatilgan Bog‘ishamol ko‘chasida 6 soat ichida 134ta transport vositasi tezlikni me'yordan oshirib harakatlangan. Aniqlangan barcha qoidabuzarliklar haqidagi ma'lumotlar o‘rnatilgan tartibga binoan haydovchilarga pochta orqali yuboriladi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025