Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yana bir golf klubi quriladi
Toshkentda yana bir golf klubi barpo etiladi, deya xabar beradi Davlat turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.
Loyiha bilan Koreyaning Land Master kompaniyasi shug‘ullanadi. Uning prezidenti Be Sang Ron O‘zbekistonga tashrif bilan keldi.
Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Qosimxo‘jayev Be Sang Ron bilan nafaqat golf klubining qurilishi, balki sayyohlik sohasidagi hamkorlikning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy masalalarni muhokama qildi. Misol uchun, mehmon uylarini qurish.
Shu yerda xorijiy sarmoyadorlar uchun taqdim etiladigan imtiyoz va preferensiyalar haqida ham ma'lumot berildi.
Xabar qilinishicha, golf klubining loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Korean Town paydo bo‘lishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025