Jamiyat | 19:01 / 09.08.2018
26483
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi «Bo‘rijar» jome masjidiga yangi imom-xatib tayinlandi

Toshkent shahridagi “Bo‘rijar” (“Ilonlik ota” mahallasi) jome masjidiga yangi imom-xatib tayinlandi. Kecha asr namozidan so‘ng O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov jamoatga Mirzatillo Alixonovni “Bo‘rijar” jome masjidi imom-xatibi etib tayinlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining buyrug‘ini o‘qib eshittirgan.

Foto: muslim.uz

O‘MI Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Mirzatillo Alixonov bungacha Toshkent shahar “Tepa” jome masjidi imom noibi vazifasida faoliyat yuritgan hamda qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kotibiyat bo‘limida xizmat qilib keladi.

Foto: muslim.uz

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Shayxontohur tumani bosh imom-xatibi va “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlangan Husniddin  Abdukarimov Chilonzor tumani bosh imom-xatibi va “Bo‘rijar” jome masjidi imom-xatibi vazifalarida faoliyat yuritgan edi.

Mavzuga oid