Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Osiyo o‘yinlariga yo‘l olgan armiya sportchilariga omad tiladi
9 avgust kuni Mudofaa vazirligi markaziy apparatida XVIII Yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun yo‘l olayotgan 50 nafar Mudofaa vazirligi sport klubi sportchi va 3 nafar murabbiylarni kuzatishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Umid Axmadjonov, O‘zbekiston Boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov ishtirok etdi va mamlakatimiz sharafini jahon sport arenasida himoya qilish uchun yo‘l olayotgan umidli sportchilarga muvaffaqiyatlar tilashdi.
Bu yilgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston sportchilarining 22 foizini Mudofaa vazirligi sport klubi vakillari tashkil etadi.
2018 yilda O‘zbekiston o‘smirlar, yoshlar hamda milliy terma jamoalari tarkibida jahon chempionatlari, Osiyo birinchiliklari, dunyo va qit'a kubogi bahslari, Gran-pri turkumiga kiruvchi yirik xalqaro musobaqalar hamda an'anaviy xotira turnirlarida ishtirok etgan sport klubi vakillari bugungi kunga qadar jami 612 ta medalga, ulardan respublika miqyosidagi bahslarda 511 ta, xalqaro miqyosdagi musobaqalarda 101 medalni qo‘lga kiritishgan.
2018 yilning avgust-sentabr oylarida Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkaziladigan XVIII Yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasidan joy olgan 50 nafar Mudofaa vazirligi sport klubi a'zosi jami 11 ta sport turi bo‘yicha ishtirok etadi. Ular jiu-jitsu, kurash, boks, taekvondo, yengil atletika, kanoe va baydarkada eshkak eshish, og‘ir atletika, dzyudo, otish, tennis, trampolin kabi sport turlarida mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.
Mavzuga oid
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
20:13 / 06.05.2025
AQSh armiyasida generallar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatiladi
09:10 / 19.02.2025
Foto: Mudofaa vazirligining xalqaro ko‘rgazmadagi harbiy texnikalari
18:48 / 12.02.2025