10 avgust kuni 1571 nafar abituriyent testga kelmagan, 91 nafar abituriyent chetlashtirilgan
Test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 54ta binoda 18ta oliy ta'lim muassasalarining 84ta ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi.
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning xabar berishicha, test sinovlarida 48 614 nafar abituriyent ishtirok etdi.
Test sinovlariga 1 571 nafar abituriyent kelmadi.
Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 91 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi.
Test sinovlariga guruh nazoratchilari sifatida 2 228 nafar o‘qituvchilar jalb etildi.
Davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 171,4 ball, Urganch davlat universitetining «Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili» ta'lim yo‘nalishi;
To‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 145,6 ball, Urganch davlat universitetining «Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili» ta'lim yo‘nalishi.
O‘rtacha o‘tish bali:
davlat granti – 104,5 ball;
to‘lov-kontrakt – 84,0 ball.
Test sinovlari natijalari Davlat test markazining http://www.dtm.uz/page/test_result saytida 2018 yil 11 avgust kuni soat 17.30da e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
15:03 / 14.08.2024
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e’lon qilindi
14:00 / 09.08.2024
“Test tuziladigan adabiyotlar ro‘yxatini e’lon qilish agentlikning vazifasi emas” - BMBA
14:59 / 27.07.2024
Imtihonda antiqa hodisa: abituriyentga tez yordam xodimi orqali telefon kiritildi
10:49 / 27.07.2024