Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva Qibray tumani xotin-qizlarining yashash va ishlash sharoitlari bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva Toshkent viloyati Qibray tumaniga tashrif buyurib, oilalardagi ijtimoiy-ma'naviy muhit, xotin-qizlarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida Bosh vazir o‘rinbosari tuman FHDYo bo‘limi faoliyati, tadbirkor ayollar, mehnat bilan band xotin-qizlarning ish jarayonlari bilan ham tanishdi, deya ma'lum qiladi Kun.uz'ning Toshkent viloyatidagi manbasi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Qibray tumanining Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislariga oilalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxshilash, muammoli va nizoli holatlarni hal qilishda qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqligini ham ko‘rsatib o‘tdi.

Mazkur tashrif Toshkent viloyatida Xotin-qizlar faoliyati va hayoti bilan bog‘liq ko‘plab masalalarning samarali yechimini topishda alohida ahamiyat kasb etishi shubhasiz.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
16:16 / 16.05.2025