Toshkent viloyati hokimiga yosh o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Odiljon Tojiyev Toshkent viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqidagi ma'lumot O‘zYoIning Feysbukdagi sahifasida joylashtirildi.
Odiljon Tojiyev 1984 yil 11 sentabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2006 yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi — huquqshunos.
O.Tojiyev 2017 yil 5 iyul kunidan hozirga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. Oilali, ikki nafar farzandi bor.
Mavzuga oid
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
21:15 / 07.11.2024
Toshkent viloyatida isitish mavsumi 8 noyabrdan boshlanadi
11:53 / 06.11.2024
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
22:14 / 05.11.2024