Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Kane Uestni maqtadi
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning tvitterdagi o‘z sahifasida yozishicha, amerikalik rep ijrochisi Kane Uestga «haqiqat»ni aytishga tayyorligi uchun minnatdordir.
Avvalroq, Uest Jimmi Kimmelning shousida Tramp tanqidchilariga «muhabbatdan bahra olishni» maslahat bergandi.
«Haqiqatni aytishga tayyor bo‘lgani uchun Kane Uestga rahmat», - deya yozgan Tramp.
Shuningdek, Amerika prezidenti «yangi va ajoyib fakt»ga e'tibor qaratgan. Uning fikricha, AQShda hozirgi vaqtda qora tanli aholi orasida ishsizlik rekord darajada pastdir.
Trampning qo‘shimcha qilishicha, Uestning qo‘llab-quvvatlovi «juda ko‘p narsani o‘zgartiradi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Putinga maktub yuborgani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi
03:48 / 10.08.2020