Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela "Kolumbiyadan keladigan terrorizm"ga qarshi maxsus xizmat tashkil qiladi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro qo‘shni Kolumbiyaning ushbu mamlakatga nisbatan olib borayotgan terrorizm harakatiga qarshi kurashuvchi maxsus xizmat tashkil etilishini e'lon qildi.
Avvalroq Venesuela hukumati Kolumbiyaning sobiq prezidenti Xuan Manuel Santosni Maduroga nisbatan uyushtirilgan suiqasdga aloqadorlikda ayblagandi.
"Men mudofaa vazirligidan Kolumbiya terrorizmidan himoyalanish uchun maxsus xizmatlarda yangi qism tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berishini so‘radim", – dedi Maduro davlat televideniyesi orqali chiqishida.
Mamlakat aloqa vaziri Xorxe Rodrigesning xabar berishicha, davlat rahbariga suiqasd portlovchi modda o‘rnatilgan uchuvchisiz uchadigan qurilmalarda amalga oshirilgan. Maduro milliy bolivar gvardiyasi tashkil etilganligining 81 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan marosimda so‘zga chiqqan paytda qurilmalar harakatga keltirilgan.
Suiqasd natijasida yetti kishi jarohatlangan.
Mavzuga oid
00:35 / 07.05.2025
Kolumbiyada 6 ta maymunni bojxonadan ishtonlariga yashirib olib o‘tishga uringan shaxslar ushlandi
22:36 / 24.04.2025
Kokainni qonuniylashtirishga chaqirgan Kolumbiya prezidenti giyohvand moddalarga qaramlikda ayblandi
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025