Jahon | 20:09 / 13.08.2018
4431
1 daqiqa o‘qiladi

Avstriyadagi Jyeyms Bond muzeyi

Avstriya Alpidagi Zyolden kurort maskanida Jyeyms Bondga bag‘ishlangan doimiy ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazma ochilgan joyda 007-agent haqidagi «Spektr» filmi suratga olingan.

Foto: Kristopher Grunert, Christoph Nosig
Foto: Kristopher Grunert, Christoph Nosig

Inshoot dengiz sathidan 3 ming metr balandlikda qurilgan va unga faqat osma arqon yo‘li orqali yetib borish mumkin.

Foto: Kristopher Grunert, Christoph Nosig
Foto: Kristopher Grunert, Christoph Nosig

007 Elements ko‘rgazmasi o‘nta zalda joylashgan bo‘lib, ularda Jyeyms Bond haqidagi film yaratilishi haqidagi har bir lahza multimedia orqali ko‘rsatiladi. Ko‘rgazma tashkilotchilari tashrif buyuruvchilar o‘zlarini film ichida yurgandek his qilishlarini xohlashgan.

Ko‘rgazma Bond haqidagi yangi filmlar chiqqanida yangilab borilishi rejalashtirilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid