O‘zbekiston | 08:24 / 13.08.2018
20758
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zatom» bosh direktorining o‘rinbosari tayinlandi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktorining o‘rinbosari tayinlandi.

O‘zbekiston Adliya vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, Bahrom Mansurov «O‘zatom» agentligi bosh direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

B. Mansurov ilgari “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 19 iyulda «O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonda Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energetikasini rivojlantirish agentligi tashkil etilgan.

Mavzuga oid