O‘zbekiston | 21:52 / 15.08.2018
13088
5 daqiqa o‘qiladi

«ArMI-2018» nihoyasiga yetdi. O‘zbekistonlik harbiylar jami 6 ta sovrinli o‘rinlarga egalik qildi (fotogalereya)

IV Xalqaro armiya o‘yinlari nihoyasiga yetdi. “Harbiy olimpiada” nomini olgan xalqaro musobaqada ikkinchi bor ishtirok etgan o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar 6 ta sovrinli o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Joriy yilda Xalqaro armiya o‘yinlari 28 yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan bo‘lib, unda dunyoning 32 mamlakatidan kelgan harbiylar ishtirok etdi. O‘tgan yili 8 ta yo‘nalishda qatnashib, 5 ta sovrinli o‘ringa ega chiqqan Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari, bu safar 12 yo‘nalishda qatnashdi. Xususan, 200 nafardan ortiq O‘zbekiston harbiy xizmatchilari «Artilleriya o‘t ochish ustalari» (2-o‘rin), «Qo‘shin razvedkasi a'lochilari» (3-o‘rin), «Yo‘l patruli» (3-o‘rin), «Harbiy ralli» (3-o‘rin), «Qurolsoz usta» (3-o‘rin), “Xavfsiz marshrut” (3-o‘rin), «Sodiq do‘st», «Harbiy-tibbiy estafeta», «Elbrus halqasi», «Merganlik marrasi», «Musaffo osmon», «Dala oshxonasi», «Hamdo‘stlik jangchisi» tanlovlarida xorijiy armiyalarning eng sara vakillariga munosib raqobat qilishdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shuningdek, «Harbiy-tibbiy estafeta» bellashuvida ishtirok etgan o‘zbekistonlik harbiy xizmatchi, Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy poliklinika terapevt-shifokori, tibbiy xizmat kapitani Larisa Xolmamatova harbiy shifokorlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Maxsus ko‘nikmalar” shartida ikkinchi o‘ringa loyiq topildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

“Qo‘shin razvedkasi a'lochilari” tanlovida ishtirok etgan o‘zbekistonlik qo‘shin razvedkachilari 3,3 soniya ko‘rsatkich bilan amaldagi me'yordan ikki barobar tezroq vaqt ichida guruh tarkibida gazniqoblarni kiyish sinovini bajardi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

«Xavfsiz marshrut» bellashuvida ishtirok etgan serjant Shermat Davronov birinchi urinishdayoq piyodalarning harakatini cheklashga mo‘ljallangan minani aniqlab, uni zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lgani uchun hakamlar tomonidan «O‘z ishining ustasi» nomintsiyasiga loyiq deb topildi va rag‘batlantirildi.

«Merganlik marrasi» yo‘nalishining final estafetasida tanlovdan tashqari ishtirok etgan o‘zbekistonlik harbiylar barcha jamoalardan oldinga o‘tib, 10 daqiqayu 57 soniyada rekord natijani qayd etdi. 4-bosqich — “Merganlar dueli”da qatnashgan oddiy askar S.Rabimov 2-o‘rinni egallab, esdalik mukofoti bilan taqdirlandi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bundan tashqari Moskva viloyatining Dmitrov shahrida o‘tkazilgan kinologiya xizmati itlari o‘rtasidagi «Sodiq do‘st» tanlovnining 300 metrli to‘siqlar yo‘lagidan o‘tishda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Markaziy xizmat itlari pitomnigi harbiy xizmatchisi Shokir Jo‘rayevning «Gita» laqabli xizmat iti 1 daqiqayu 15 soniya natija bilan rekord o‘rnatdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Alohida ta'kidlash kerakki, O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar umumjamoa hisobida «ArMI—2018»ning 32 ishtirokchi-mamlakat o‘rtasida oltinchi o‘rinni egallashdi. 

Shu bilan birga Moskvada «ArMI—2018» doirasida o‘zbek milliy hunarmandchiligi namunalari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Tashrif buyuruvchilar o‘zbek milliy hunarmandchiligi mahsulotlarini yuqori baholadi va, albatta, kelajakda O‘zbekistonga tashrif buyurish ishtiyoqida ekanligini bildirdi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mavzuga oid