Jahon | 08:12 / 15.08.2018
7771
2 daqiqa o‘qiladi

«Timsoh Gena va uning do‘stlari». Bolalar yozuvchisi Eduard Uspenskiy vafot etdi

Rossiyalik yozuvchi Eduard Uspenskiy 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti bastakor Gennadiy Gladkovga asosan xabar berdi.

REN TV telekanali ma'lumotiga ko‘ra, Uspenskiy Moskvaning Troitsk ma'muriy tumaniga kiruvchi Puchkovo qishlog‘idagi uyida vafot etgan.

So‘nggi yillarda «Timsoh Gena va uning do‘stlari», «Prostokvashinodagi ta'tillar» va boshqa mashhur asarlarning muallifi jiddiy kasallikdan aziyat chekib kelayotgandi.

Yozuvchi 9 avgust kuni o‘zini yomon his qilgan - u hushidan ketgan, turmush o‘rtog‘i tez tibbiy yordam chaqirdi.

Eduard Uspenskiy 1937 yil 22 dekabrda Yegorevskda tug‘ilgan. She'rlar va hikoyalarni maktab yillarida yoza boshlagan. Shu bilan birga, mashhurlikka birinchi marta hajviyachi sifatida erishgan. 1966 yilda u, Arkadiy Arkanov, Grigoriy Gorin va Feliks Kamov mualliflarga mashhurlik keltirgan «To‘rttasi bitta muqova ostida» nomli kitobni nashrdan chiqarishdi.

Bundan tashqari, Uspenskiy Timsoh Gena va Cheburashka, Prostokvashinodagi do‘stlar sarguzashtlari, «Bo‘g‘irsoqlar tergov olib boradi» sikli, «Plastilin qarg‘a» va boshqa ko‘plab multfilmlarga ssenariylar yozgan.

Mavzuga oid