Jahon | 23:28 / 16.08.2018
24584
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Turkiyaga yangi sanksiyalar bilan tahdid qildi

Foto: AP Photo / Pablo Martinez Monsivais

AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin agar amerikalik pastor Endryu Branson ozod etilmasa, Turkiyaga nisbatan yangi sanksiyalar kiritishga tayyorligini ma'lum qildi, deb xabar berdi Blumberg.

Bir oz avval AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens Turkiyani "Trampning sabrini sinamaslik" haqida ogohlantirgan va Endryu Bransonni ozod qilishga chaqirgandi.

"Pastor Endryu Branson — Turkiyada tutib turilgan aybsiz inson. Prezident va men pastor Branson ozod etilib, AQShdagi oilasi, do‘stlari va cherkoviga qaytmaguncha fikrimizda qat'iy turamiz", — deb yozdi Pens o‘zining Twitter sahifasida.

Davlat departamenti vakili Xizer Nauert AQSh va Turkiya o‘rtasida pastorning taqdirini muhokama qilish bo‘yicha hozircha uchrashuv rejalashtirilmaganini ma'lum qildi.

Avvalroq Turkiya sudi Endryu Bransonni uy qamog‘idan ozod qilish bo‘yicha rad javobi bergani xabar qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid