O‘zbekiston | 18:19 / 16.08.2018
28427
2 daqiqa o‘qiladi

Uzoq yil Janubiy Koreyada ishlab O‘zbekistonga qaytgan shifokor rahbarlik lavozimiga tayinlandi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Kamolxo‘ja Eshnazarov Sog‘liqni saqlash vazirligining Xususiylashtirish va pullik xizmatni tashkil qilish markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Unga, avvalo, tibbiyot tizimining ushbu yo‘nalishida marketing va menejment bo‘yicha innovatsion g‘oyalarni olib kirish, pullik xizmat ko‘rsatuvchi davolash muassasalari faoliyatini bugungi kun talabidan kelib chiqib takomillashtirish, samaradorligi past bo‘lgan shifoxonalarni xalqaro standartlarga mos ravishda modernizatsiya qilish va tibbiy turizmni rivojlantirish, tibbiy xizmat narxlarini qonunchilik talablari  asosida tartibga solish vazifasi yuklatildi. 

Bundan tashqari, u markazning moliya-xo‘jalik strategiyasini ishlab chiqish, pullik xizmat ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari faoliyatini nazorat qilish, ularga  har jihatdan amaliy yordam berish, mazkur yo‘nalishdagi yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, muvaffaqiyatli tajribalar va aniq innovatsion modellarni amaliyotga tatbiq etish, tizimda zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish kabi vazifalarga ham mas'ul etib belgilandi.

Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Kamolxo‘ja Eshnazarov 8 yil davomida Janubiy Koreyaning qator nufuzli tibbiyot kompaniyalarida faoliyat ko‘rsatib, yetakchi universitet klinikalarida malaka oshirgan. 

Kamolxo‘ja Eshnazarov prezident Shavkat Mirziyoyevning xorijdagi o‘zbekistonlik shifokorlarning mamlakat tibbiyotini rivojlantirishga jalb qilish haqidagi topshirig‘iga ko‘raO‘zbekistonga qaytgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid