Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyada Mercedes va Porsche sotuvlari to‘xtatildi
Shveytsariya hukumati dizel motorli Mercedes va Porsche rusumidagi avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazishni to‘xtatdi. Bunga sabab sifatida ularning ekologik talablarga javob bermasligi ko‘rsatilgan. Automotive News shu haqida xabar berdi.
Taqiq ostiga tushgan avtomobillar orasida 1,6 litr motorli Mercedes-Benz Vito minivenlari, shuningdek 3,0 va 4,2 litr ishchi hajmga ega dvigatellar bilan jihozlangan Porsche Macan va Cayenne krossoverlari nomi qayd etilgan.
Ro‘yxatdan o‘tishga taqiqlovlar 17 avgustdan keyin Shveytsariyaga olib kirilgan avtomobillarga tegishli. Bu sanaga qadar keltirilgan mashinalarni ekspluatatsiya qilish mumkin, biroq ularning quvvat agregati modifiakatsiya qilinishi kerak bo‘ladi.
Bu Porsche avtomobillarining ro‘yxatdan o‘tishi taqiqlangan birinchi holat emas. Iyun oyida Germaniya markasi Yevroittifoqda kuchga kirgan yangi ekologik me'yorlarga to‘g‘ri kelmagan mashinalari sotuvlarini to‘xtatishga majbur bo‘lgani haqida ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid
14:10 / 26.05.2025
Shveytsariya G‘azoga yordam fondiga nisbatan tekshiruv boshladi
01:40 / 15.05.2025
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
21:20 / 09.05.2025
Shveytsariyada qo‘shnisining mushugiga ovqat bergan ayol sud qilinmoqda
23:08 / 24.04.2025